AQShda “grin karta” va vizalar uchun tekshiruvlar kuchaytirildi

AQShda “grin karta” va vizalar uchun tekshiruvlar kuchaytirildi
Qisqacha

AQShda "grin karta" va vizalar uchun tekshiruvlar kuchaytirildi. Donald Trump ma'muriyati tomonidan joriy etilgan yangi tartiblar, boshpana so'rash va doimiy yashash huquqi olish jarayonlariga ham ta'sir qiladi. Arizalar to'liq tekshiruvdan o'tmagan holda tasdiqlanmaydi va arizachilarning ijtimoiy tarmoqlari ham nazorat qilinadi. Natijada, ko'plab migratsiya ishlari sekinlashgan yoki to'xtatilgan.

AQShda “grin karta” va immigratsiya vizalari boʻyicha tekshiruv jarayonlari kuchaytirildi, deb CBS News xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Donald Tramp maʼmuriyati ayrim toifadagi migrantlar uchun qoʻshimcha nazorat choralarini joriy qilgan. Yangi tartiblar boshpana soʻrash, doimiy yashash huquqi olish, fuqarolikka qabul qilinishi hamda qarindoshlik yoki nikoh asosida berilgan arizalarga ham tatbiq etilmoqda.

Qoidalarga muvofiq, AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati xodimlariga toʻliq tekshiruvdan oʻtmagan arizalarni tasdiqlash taqiqlandi. Shuningdek, barcha arizalar Federal qidiruv byurosi bazasi orqali qayta tekshiriladi.

Maʼlum qilinishicha, bu choralar Trampning fevral oyida imzolagan farmoni bilan bogʻliq. Shu bilan birga, arizachilarning ijtimoiy tarmoqlari ham tekshirilib, “antiamerikalik” qarashlar aniqlanishi mumkinligi qayd etilmoqda.

Soʻnggi oʻzgarishlar natijasida koʻplab migratsiya ishlari sekinlashgan yoki vaqtincha toʻxtatilgan.

Bundan tashqari, milliy xavfsizlik sabablari bilan 39 ta davlat fuqarolari uchun ayrim arizalarni qabul qilish jarayoni muzlatib qoʻyilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar