AQSH Erondagi urushga 25 mlrd dollar sarflagani maʼlum boʻldi

AQShning Erondagi harbiy harakatlari uchun sarflangan mablag' 25 milliard dollarga yetgani ma'lum bo'ldi. Pentaqon vakili Jules Hurst Kongressda bu mablag'ning asosiy qismi o'q-dorilar xaridiga sarflanganini ta'kidladi. Harbiy bazalarni tiklash va ta'mirlash xarajatlari haqida aniq ma'lumot berilmagan. Hozirda AQSh va Isroil o'rtasida Eronga qarshi harbiy amaliyot davom etmoqda.
AQShning Erondagi harbiy harakatlari uchun sarflangan mablagʻ 25 milliard dollarga yetgani maʼlum qilindi. Bu haqda Pentagon vakili Jyuls Xerst Kongressning Qurolli kuchlar qoʻmitasida soʻzga chiqib maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, ushbu mablagʻlarning asosiy qismi oʻq-dorilar xaridiga sarflangan. Biroq hisob-kitob tarkibiga qaysi xarajatlar kiritilgani toʻliq ochiqlanmagan.
Xususan, harbiy bazalarni tiklash va taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlar ushbu summaga kiritilgan-kritilmagani aniq emas. Maʼlumotlarga koʻra, AQSH va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarshi harbiy amaliyotni boshlagan.
Hozirda tomonlar oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish rejimi amal qilmoqda. Shu bilan birga, AQSH Yaqin Sharqqa qoʻshimcha harbiy kuchlar va aviatashuvchi guruhlar yuborgani qayd etilmoqda.































Izohlar 0
…