date

AQShda Tramp tasviri tushirilgan maxsus pasport chiqariladi

AQShda Tramp tasviri tushirilgan maxsus pasport chiqariladi

AQSH Davlat departamenti mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan yangi turdagi pasportlar ishlab chiqarilishini eʼlon qildi. Maʼlum qilinishicha, ushbu cheklangan seriyadagi pasportlarning ichki qismida prezident Donald Tramp tasviri joylashtiriladi.

Shuningdek, boshqa sahifalarida AQShning asoschi otalariga oid tasvirlar ham boʻlishi rejalashtirilgan.

Bunday pasportlar Vashington shahridagi pasport agentligi orqali taqdim etiladi. Qayd etilishicha, ushbu seriya tugagunga qadar agentlik boshqa turdagi pasportlarni taklif qilmaydi.

Agar fuqarolar prezident tasviri tushirilmagan pasportni olishni istasa, ular buni onlayn yoki boshqa boʻlimlar orqali amalga oshirishlari mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQShda Tramp tasviri tushirilgan maxsus pasport chiqariladi