20:50 / 14.12.2019
4 127

Qashqadaryoda 65 nafar ishchilar ovqatdan zaharlandi

Qashqadaryoda 65 nafar ishchilar ovqatdan zaharlandi
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan “ENTER ENGINEERING PTE. Ltd” kompaniyasining G‘uzor tumanida joylashgan UZGTL loyihasi asosida tashkil etilgan shaharcha ishchilaridan 11 nafari ko‘ngil aynishi, qayd qilish, ichni tez-tez ketishi, tana haroratini ko‘tarilishi, sovuq qotish kabi kasallik belgilari bilan, o‘zlarining murojaatidan so‘ng guruhli ovqatdan zaharlanish “O‘tkir gastroenterit” tashxisi qo‘yilib shifoxonaga yotqizilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayevning ma’lum qilishicha, mazkur holat bo‘yicha Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshchiligida shtab tashkil etilgan va ovqatdan zaharlanish kelib chiqishiga gumon qilingan taomdan iste’mol qilgan ishchilar tuzilgan komissiya tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Tibbiy ko‘rik davomida yana 54 nafar ishchilar zaharlanish aniqlanib, shifoxonalarga olib kelingan.

Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 49 nafar, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziy Qashqadaryo filiali Toksikologiya bo‘limida 10 nafar, G‘uzor tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida 4 nafar, Nishon tuman tez tibbiy yordam bo‘limida 2 nafar, jami 65 nafar bemorlar davolanmoqda.

Vazirlik xabarida aytilishicha, bemorlarning 46 nafari ahvoli yengil, 19 nafari o‘rtacha, og‘ir bemorlar yo‘q. Dori darmonlar zaxiralari yetarli. Bemorlardan olingan namunalar va zaharlanish kelib chiqishiga gumon qilingan taomdan olingan namunalarda laboratoriya tekshiruvlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda 65 nafar ishchilar ovqatdan zaharlandi