Yuventus yangi sport direktorini rasman e'lon qildi

Yuventus yangi sport direktorini rasman e'lon qildi

"Yuventus" rasmiy sayti orqali klubning yangi sport direktori nomini ma'lum qildi. Bu lavozimga Marko Ottolini tayinlandi va u "keksa sinyora" bosh ijrochi direktori Damyen Komolliga bo'ysunadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ottolini bir necha oy avval "Jenoa"dagi sport direktori vazifasini tark etgandi. Mutaxassis avval ham "Yuventus" tizimida ishlagan: u skaut bo'lib faoliyat yuritgan hamda ijaraga berilgan futbolchilar bo'yicha mas'ul sifatida ish olib borgan.

Ayni paytda "Yuventus" A Seriya turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi uchrashuvi 3-yanvar, shanba kuni o'z maydonida "Lechche"ga qarshi bo'lib o'tadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar