date

Dani Karvaxal «Betis»ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lmaydi

Dani Karvaxal «Betis»ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lmaydi

Madridning «Real» klubi himoyachisi Dani Karvaxal La Liganing 18-turi doirasida «Betis»ga qarshi uchrashuvni katta ehtimol bilan o‘tkazib yuboradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Diario AS xabariga ko‘ra, futbolchi jarohatdan to‘liq tiklanishga ulgurmayapti. Uning safga qaytishi 8 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi doirasida «Atletiko»ga qarshi bahsda kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Karvaxal noyabr oyidan beri tizzasidagi jarohat sabab maydonga tushmayapti va operatsiya ham o‘tkazgan.

2025/2026 yilgi mavsumda 33 yoshli himoyachi La Liga va Chempionlar ligasida jami 8 ta o‘yinda qatnashgan, biroq hali gol yoki assist bilan ajralib turmagan.

«Real» – «Betis» uchrashuvi 4 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Boshlanish vaqti 20:15 da (Toshkent vaqti bilan).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dani Karvaxal «Betis»ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lmaydi