
Madridning «Real» klubida to'p surayotgan braziliyalik hujumchi Rodrigo kelajagi borasida muhim qaror chiqardi. Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, futbolchi hozirda ikki agentlik bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbada aytilishicha, Rodrigo yirik transferlarni amalga oshira oladigan kuchli agentlik bilan ishlashni istaydi. Ta'kidlanishicha, u bir necha yildan beri agent xizmatidan foydalanmay kelgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, Rodrigo joriy mavsumni «Real» safida yakunlaydi, biroq yozda klubni tark etadi. Eng ehtimoliy yo'nalishlar sifatida «Manchester Siti» va «Arsenal» tilga olinmoqda, shuningdek «Liverpul» ham futbolchi uchun kurashga qo'shilishi mumkin.
Rodrigo 9-yanvar kuni 25 yoshga to'ladi. Transfermarkt portali braziliyalik hujumchini 60 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.