
«Bornmut» bosh murabbiyi Andoni Iraola vinger Antuan Semenyoning kelajagi borasidagi navbatdagi savolga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
25 yoshli futbolchi «Manchester Siti»ga o'tishga juda yaqin ekani aytilmoqda, biroq «giloslar» ustozi ta'kidlashicha, bitim hali yakunlanmagan.
«Hali hech narsa imzolanmadi. Muzokaralar davom etyapti, shov-shuvni tushunaman, ammo Antuan hozircha bizning futbolchimiz. O'ylaymanki, u yaqinlashib kelayotgan ikki uy uchrashuvida – «Arsenal» va «Tottenhem»ga qarshi o'yinlarda maydonga tushishi mumkin, biz shunga umid qilyapmiz. Semenyo – haqiqiy professional va juda yaxshi yigit. U jamoaga yordam berishni xohlayotganiga ishonaman va qo'lidan kelganini qiladi», – dedi Iraola matbuot anjumanida.
«Bornmut» shanba kuni «Arsenal»ni qabul qiladi, «Tottenhem»ga qarshi bahs esa chorshanba kuniga belgilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.