Avtomobillarga soliq solinishi haqidagi gaplar asossiz – Behzod Musayev

  • 18 dekabr 2019, 06:30
  • 887
  • Jamiyat
  • Avtomobillarga soliq solinishi haqidagi gaplar asossiz – Behzod Musayev
    O‘zbekistonda avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘im joriy etiladi. Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev 17 dekabr kuni matbuot anjumanida shu haqdagi savolga javob berar ekan, ushbu yig‘im soliq deb hisoblanmasligiga e’tibor qaratdi.

    «[Avtomobillarga soliq solinishi haqidagi] bunday xabarlar asossiz, avtomobillarga qo‘shimcha soliq joriy etilishi rejalashtirilmagan. O‘sha xarid chog‘ida to‘lanadigan 3 foizlik soliqdan tashqari soliqlar undirilmaydi. Qo‘shimcha soliqlar faqat sarflanadigan yoqilg‘idan olinadi», – deydi Musayev.

    Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada tuman va shahar deputatlariga avtotransport vositasiga egalik qilish uchun yillik yig‘im joriy etish huquqi berildi.
    Yig‘im summasi transport vositasi dvigatelining quvvati va hudud aholisi daromadlari darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Avtomobillarga soliq solinishi haqidagi gaplar asossiz – Behzod Musayev