date

Alisher Qodirov o'zbeklarni Rossiyadan ketishga chaqirdi

Alisher Qodirov o'zbeklarni Rossiyadan ketishga chaqirdi

“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Xabarovskda O'zbekiston fuqarosi o'limi bilan bog'liq voqeaga munosabat bildirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda 2025 yil 12 dekabr kuni Rossiyaning Xabarovsk shahrida O'zbekiston fuqarosi OMON xodimlari tomonidan ayovsiz kaltaklanib, vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan. Bu haqda upl.uz xabar beradi.

Shundan so'ng O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya TIVga rasmiy nota yubordi. O'zbekiston tomoni holatni batafsil o'rganish, barcha tafsilotlarni aniqlash va aybdorlarni qonun doirasida jazolashni talab qilmoqda.

Alisher Qodirov ham vaziyat yuzasidan fikr bildirib, O'zbekiston fuqarolariga Rossiyani tark etishni tavsiya qildi. U o'z telegram-kanalida vaziyat oy sayin keskinlashishi mumkinligini, Rossiya maxsus xizmatlari Markaziy Osiyodan borganlar ehtimoliy tartibsizliklarda gumon qilinayotganini ta'kidlagan.

“Aqlni ishga soling, imkon qadar tezroq Rossiyadan keting. Hech qanday daromad bolalar va ota-onalar ko'z yoshi arzimaydi”, — degan Qodirov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Qodirov o'zbeklarni Rossiyadan ketishga chaqirdi