Har bir ayol yosh va chiroyli ko‘rinishni xohlaydi. Bu maqolada, teri qarishining oldini oluvchi go‘zallik sirlari to‘g‘risida oddiy maslahatlar havola etilgan.
Yoshni, yuz va qo‘llar terisining holatiga qarab bemalol aniqlash mumkin. Ertami-kechmi, baribir ajinlar paydo bo‘ladi, lekin, sizning maqsadingiz qarishni keyinga surishdir. Terini parvarishlashni ertaroq boshlagan ma’qul. Shuni esda tutingki, uyqu – go‘zallikning eng muhim asoslaridan biridir. Bir kunda 8 soatdan kam uxlamaslikka harakat qiling.
Uxlashdan oldin, makiyaj, chang va boshqa – terining qarishiga olib keluvchi qoldiqlarni tozalab tashlash zarur.
Silikondan qilingan maxsus tozalovchi cho‘tka yuz rangini nursiz qilib turuvchi ustki o‘lik hujayralar qatlamini olib tashlashga yordam beradi. Bu tadbirni bir kunda bir marta amalga oshirsangiz, teringiz yaltirab turadi.
Ko‘z atrofidagi teri juda nozik bo‘lganligidan, quyosh nurlari ta’sirida ajinlar paydo bo‘lishining oldini olish uchun har kuni SPF’li kremdan foydalangan ma’qul.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»