9 337
«O‘zbeknavo»: Hazillari me’yordan oshib ketgani uchun «Million»ning lisenziyasi olib qo‘yilgan edi. Ular o‘z aybini tushunib etdi
«Million» qiziqchilar jamoasi lisenziyasi 2014 yil sentyabrida to‘xtatilgan edi. 2016 yil sentyabrida esa jamoa «O‘zbeknavo»dan lisenziyasini qaytarib olgani ma’lum bo‘ldi va ular yangi konsert dasturini taqdim etdi.
Jurnalist Feruz Muhammad «O‘zbeknavo» estrada birlashmasining maxsus ruxsatnoma (lisenziya) beruvchi tashkiliy boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov bilan suhbatlashib, «Million»ning lisenziyasi o‘shanda nega olib qo‘yilganiga aniqlik kiritdi.
«‘Million’ qiziqchilar jamoasining lisenziyasi uch yilcha avval olib qo‘yilgani, yaqinda esa qaytarib berilganidan ko‘pchilik xabardor bo‘lsa kerak. Askiya, hazil-mutoyibaning o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor. Ularning hazillarida me’yordan oshib ketgan holatlar bo‘lgani uchun, jamoa lisenziyadan mahrum etilgan edi», — deydi Odiljon Abduqahhorov.
«Oradan salkam uch yil o‘tib, ular o‘z aybini tushunib etdi. Yaqinda ularning lisenziyasi qaytarildi, jamoa o‘zining navbatdagi konsertini taqdim etdi. Bu galgi konsertda hazillar milliy mentalitetimizdan kelib chiqqan holda sahnalashtirildi. Tomoshabinlar bu hazillarni, sahna ko‘rinishlarini yaxshi kutib oldi, deb o‘ylayman», — deya qo‘shimcha qildi «O‘zbeknavo» vakili. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”