Sedana ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o‘simlikning mayda qora donlaridir. Hidi xushbo‘y, chaynaganda jiz etib achishtiruvchi mazasi bilinadi. Sedana o‘zbek pazandaligida non yopishda ishlatiladi, patir va kulchalarning yuzasiga sepilsa, mazasini yaxshilaydi. Sedana ovqat hazm bo‘lishiga yordam beradi, og‘izdagi noxush hidni ketkazadi, a’zolarni qizdiradi va tozalaydi, peshob haydaydi, zaharlarga qarshi ta’sir qiladi. Xalq tabobatida uni yo‘talganda, qusganda qo‘llaniladi, u xuddi murch kabi ta’sir qiladi.
Sedanali choy suvchechak, sariq kasalligi, taloq yallig‘lanishida, hayz qonini haydash va emizikli onalarning sutini ko‘paytirish uchun ham qo‘llanilgan. Sedanali choyga asal qo‘shib ichilsa, peshob yo‘llaridagi toshlarni maydalaydigan doriga aylanadi. Ibn Sino yozadiki: «Sedana balg‘amni ko‘chiruvchidir, tozalovchi, el va damni shimdiruvchidir. Xususan, uning tozalash xosiyati etarli darajadadir. Sedana tumovga foyda qiladi. Uni asal va issiq suvga qo‘shib ichilsa, qovuq va buyrakdagi toshlarga foyda qiladi, ularni chiqaradi».
Sedanali choy quyidagicha damlanadi: yarim litrli choynakka 1 choy qoshiq qora yoki ko‘k choy, 20-25 dona sedana solib, qaynoq suv quyiladi va 3-4 daqiqa cho‘qqa qo‘yib dam edirilgandan keyin shirinliklar bilan ichiladi, asal qo‘shilsa, juda foydali ne’matga aylanadi.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi