Uzumning madaniy turi 7-8 ming yil avval paydo bo‘lib, hozirgi kunda uning 5 mingdan ortiq turi mavjud. Uzumning dorivorlik xususiyati ham ancha qadimdan ma’lum. Sharq tabobatida dorivor sifatida uzumdan pishgan va xom holida foydalanganlar. Shuningdek, uzum sharbati, sirkasi, bargi poyasidan ham unumli foydalanishgan.
Abu Rayhon Beruniyning ta’kidlashicha, uzum poyasini kesganda oqib tushadigan suvi ko‘p shifobaxsh xususiyatlarga egadir. Uning poyasidan efir moyi ham olingan. Mashhur tabib Abu Ali ibn Sino esa uzumning xususiyatlari haqida shunday deb yozadi: «Bir muncha muddat olib qo‘yilgan uzum tanani yaxshi oziqlantirib, quvvatlantiradi. Yaxshi pishgan uzumning zarari pishmaganidan kamroqdir. Uzumning o‘zi sharbatidan ko‘ra foydaliroqdir. Uzum va danakli mag‘iz ichak og‘rig‘ida yaxshi foyda qiladi. Shuningdek, mayizi buyrak va qovuq uchun ham foydali. Uzum poyasining suvi, yovvoyi uzum mevasining sharbati qon tupurishni bartaraf etadi. Ichketish va yo‘g‘on ichak xastaliklarida ham foydali. Uzum poyasining suvi toshlarni maydalaydi, so‘gal, qontalash, temiratkini davolaydi. Yovvoyi uzum poyasini suv yoki moy bilan ichish istisqoni davolaydi va peshob haydaydi. Yovvoyi uzum mevasi esa oshqozon faoliyatini yaxshilab, qusishni to‘xtatadi, yurakka quvvat berib. jig‘ildon qaynashini bosadi».
Uzum tarkibida ko‘p miqdorda qandlar, organik kislotalar, S, V vitaminlari, oshlovchi va bo‘yoq moddalar bor. Bargida esa S, V, K vitaminlari, karotin, nikotin, foliy kislotasi, flavonoidlar, katexin va oshlovchi moddalar mavjud.
Xalq tabobatida uzum sharbati, shuningdek, uzumning nordon navlari ishtahani ochuvchi va ovqat hazm qilishni yaxshilovchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Yaxshi pishgan uzum, ayniqsa, qora navi kamqonlikni davolashda va kamquvvat bemorlarga mador berishda qo‘llaniladi. Qora mayiz esa turli zararli o‘smalarni davolab, inson quvvatini oshiradi. Uzumning yaxshi pishmaganlaridan sirka tayyorlaydilar. Sirka ishtahani ochish bilan birga stomatit va anginani davolaydi.
Foydali maslahatlar:
* Bolalarning harorati ko‘tarilganida badani nordon uzum damlamasi bilan artilsa, issiqlikni tez tushiradi.
* 40-50 gramm quritilib maydalangan uzum bargi ustidan 500 ml qaynoq suv quyib, past olovda 10-15 daqiqa qaynatib, biroz damlanganidan keyin suzib olinadi. Qandli diabet, gipertoniya (xafaqon) kasalliklarida ovqatdan 20 daqiqa oldin 100 ml.dan kuniga 3-4 mahal iliq holida ichiladi.
* O‘pka silida iloji boricha ko‘proq uzum iste’mol qilish tavsiya etiladi. Uzum donachalari oQizda ezilib, chaynab eyilishi kerak. Danaklari esa tashlanadi.
* Surunkali qabziyatda har kuni 2 stakandan 3 mahal, ovqatdan bir soat oldin uzum sharbati ichiladi. Davolash muddati 2 oy.
* Yurak holsizlanganida 30 gramm mayiz ustiga 1 stakan qaynoq suv quyib, past olovda 10 daqiqa qaynatiladi. Bir soat tindirilgach, bu aralashmani 1/3 stakandan kuniga uch mahal ichilib, mevasi eyiladi.
* Bo‘g‘inlardagi og‘riqni davolash uchun 3 litrlik bankaga 300 ta yangi uzilgan uzum bargini solib, ustiga sovuq suv quyiladida, 3 kun tindirilib, kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 100 ml.dan ichiladi.
Eslatma:
* Agar uzum eb, ustidan sovuq suv ichilsa, juda zararlidir. Hatto ichketar va isitmaga mubtalo qilishi mumkin.
* Uzumni novdasidan uzilgani hamon tanovul qilmay, bir-ikki kundan keyin egan ma’qulroq. Shuningdek, ikki taom orasida eyishdan ham saqlaning. Iloji boricha me’dadagi ovqatning hazm bo‘lishini kutgan ma’kul.
* Yangi uzilgan uzum hazmi og‘ir, agar po‘sti biroz yumshab, tirishganidan keyin eyilsa, hazmi osonlashadi.
* Uzum o‘ta semiz kishilarga, o‘tkir yurak etishmovchiligida, me’da va u ikki barmoqli ichak yarasi qo‘zg‘alganda va qandli diabetda tavsiya etilmaydi.
Manba: Darakchi.uz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Rossiya armiyasi qishda Ukraina shaharlarini egallab olmoqchi
O‘zbekiston Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiladi
Abxaziya rahbari Bjaniya noroziliklar fonida iste’foga chiqdi
Xitoyda 83 mlrd dollarlik oltin zaxirasi topildi