Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 21 noyabr kuni Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi litsenziya berish bo‘yicha tanlov g‘oliblari ro‘yxatini e’lon qildi.
Tanlov komissiyasining qaroriga muvofiq 12 ta turfirma tanlov g‘olibi deb topilgan. Ularning 6 tasi Toshkent shahrida, 3 tasi Namangan viloyatida, Xorazm, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida esa bittadan litsenziyaga ega firmalar joylashgan.
Ayni vaqtda Umra ziyorati uchun litsenziyaga ega 12 ta tur firmaning ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Ziyorat turizmi boshqarmasi mas’ullarining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, yuqoridagi 12 ta turfirmaning barchasi 1 million dollar mablag‘ni – so‘mdagi ekvivalentida zaxiraga qo‘ygan.
“Ushbu turfirmalarga berilgan litsenziyalar muddatsiz amal qiladi. Shuningdek, yana boshqa turfirmalarda litsenziya olish istagi bo‘lsa, shartlarni bajarib, qo‘mitaga ariza berishi mumkin. Ularning arizasi ham ko‘rib chiqiladi”, - dedi qo‘mita rasmiysi.
Ma’lum qilinishicha, litsenziyada ko‘rsatilmagan manzil bo‘yicha Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. Shu bilan birga zarurat holatlarda firmaning vakolatxonalari orqali ham xizmat ko‘rsatishi ko‘rib chiqilishi mumkin.
Shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarini litsenziyaga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatish taqiqlangani hamda buning uchun yuridik shaxslarga BHMning 200 baravari miqdorida jarima belgilanganini eslatib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil oxirlarida O‘zbekistonda Umra safarini sayyohlik firmalari orqali ham tashkil etishga qisman ruxsat berilgan edi. Keyinroq, 2023 yil 1 noyabrdan Umra tadbirlarini tashkil etuvchi turfirmalarga litsenziya olish uchun 100 ming dollardan kam bo‘lmagan mablag‘ni bank rekvizitiga zaxira qilishi, diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis va musulmonlar idorasidan guruh rahbari olishi kabi qator shartlar qo‘yildi.
2024 yil 2 iyulda qabul qilingan qonun bilan joriy yil 5 oktyabrdan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Umra xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya beruvchi vakolatli organ sifatida belgilandi. Unga ko‘ra, 5 oktyabrdan Turizm qo‘mitasi tomonidan Umra ziyoratini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalar avtomatik ravishda to‘xtatildi.
2024 yil 12 oktyabr kuni «Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 668-sonli hukumat qarori qabul qilinib, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan beriladigan litsenziyaning yangi shartlari e’lon qilindi.
Xususan, 1 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni «Ziyorat jamg‘armasi»ga zaxira qilib qo‘yish, 2 yildan kam bo‘lmagan tajribaga ega aviakompaniya bilan hamkorlik qilish hamda Umra xizmatini 3-davlatlar orqali ko‘rsatmaslik shartlari mahalliy turfirmalar tomonidan biznes uchun og‘ir shartlar bo‘lishi qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Tramp sobiq kongressmen Daffini transport vaziri lavozimiga taklif qildi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Chilonzorda avtobus va Lacetti to‘qnashdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi