12:13 / 21.11.2024
25

Rossiyalik amaldor: “Migrantlar qonuniy va noqonuniy bo‘ladi. Bizga unisi ham, bunisi ham yoqmaydi”

Rossiyalik amaldor: “Migrantlar qonuniy va noqonuniy bo‘ladi. Bizga unisi ham, bunisi ham yoqmaydi”
Foto: “Kommersant”
Rossiyaning Lipetsk viloyati gubernatori Igor Artamonov mehnat muhojirlari qonuniy va noqonuniy bo‘lishi, ammo ikkalasini ham xush ko‘rmasliklarini ma’lum qildi.

"Migrant migrantdan farqlanadi. Noqonuniy va qonuniylari bor. Aslida bizga unisi ham, bunisi ham yoqmaydi, ammo quvurni payvandlash kerak bo‘lganda hayotiy zarurat paydo bo‘ladi. Agar uni payvandlamasak, mahsulot chiqmaydi", dedi gubernator.

Igor Artamonov Rossiyaga kelayotgan migrantlar qonuniy faoliyat yuritishi kerakligi masalasiga ham to‘xtaldi.

"Migratsiya qonuniy bo‘lishi, ular rus tilini bilishi, imkon qadar bu yerda oilasiz bo‘lishi va o‘zlari xohlagan joyda emas, balki bizga zarur bo‘lgan sohalarda ishlashi lozim", dedi u.

Rossiyada noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash choralari ishlab chiqilmoqda

Deputatlar mehnat migratsiyasini tartibga solishda yagona yondashuvni ishlab chiqishni, Rossiyada ishlashga jalb qilinadigan xorijliklar soni va sifati bo‘yicha aniq parametrlarni belgilashni, ish beruvchilarga esa muhojirlar mamlakatda bo‘lishi qoidalariga rioya etishi uchun mas’uliyatni yuklashni taklif qilmoqda. Davlat dumasiga Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustinga noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi murojaat loyihasi kiritildi.

Medvedev migratsiya siyosati ruslar manfaatiga javob berishi kerakligini aytdi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevga ko‘ra, migratsiya siyosati boshqa davlatlar emas, balki Rossiya fuqarolari manfaatlariga javob berishi lozim. U bu masalani juda nozik deb atadi. Shuningdek, siyosatchi past malakali mehnat muhojirlari Rossiyaga faqat ish faoliyati davridagina kelishi kerakligini ta’kidladi.

Rossiyadan deportatsiya qilingan muhojirlar soni ko‘paydi

Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev mamlakatdan chiqarib yuborilayotgan muhojirlar soni oshganini aytdi. Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yildan buyon deportatsiya qilingan muhojirlar soni bir yarim barobarga ortgan.

Mamlakatda bo‘lish tartibini buzgani uchun deportatsiya qilingan xorijliklar soni 15 foizga oshgan. Bundan tashqari, 34 ming nafar muhojirning Rossiyada vaqtincha bo‘lish muddati qisqartirilgan, 180 ming nafar xorijlikka mamlakatga kirish taqiqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik amaldor: “Migrantlar qonuniy va noqonuniy bo‘ladi. Bizga unisi ham, bunisi ham yoqmaydi”