Boks bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov nega uni “professor” deb chaqirishlarini aytdi. Bokschi bu haqda MOQ matbuot xizmatiga bergan intervyusida ta’kidlagan.
Do‘smatov keyingi Olimpiadada ham qatnashib, uch karra chempion bo‘lish niyati borligini aytdi.
– Los-Anjeles yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqalar boshlanguncha professional boksda chempionlik kamari uchun tushishga ulgurasizmi?
- Albatta, bunday reja bor. Professional boksda ham chempionlik kamarini qo‘lga kiritishni niyat qilganman. Buning uchun imkoniyatim yetarli. Hozir men o‘z vaznimda WBA yo‘nalishida majburiy da’vogar bo‘lib turibman.
– Sizga berilgan “professor” nomining kelib chiqishi qanday?
- Bu nomni murabbiylarimiz To‘lqin Qilichev va Rahmatjon Ro‘ziohunov 2022 yilgi Osiyo chempionatining finalida qozog‘istonlik Saken Bibosinov bilan jangda qo‘yishgan. Birinchi raundda imkoniyatni boy berdim. Keyin mening burchagimda xavotir boshlandi. Shunda murabbiylarimga suv va kapamni beringlar, hozir o‘zim hisobni to‘g‘rilayman dedim va vaziyatni o‘nglab keldim. Ya’ni qaysi vaziyatda nima qilish kerakligini bilganim uchun shundan beri ular meni “professor” deyishadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?