20:50 / 21.11.2024
12

YEI va NATO Trampga qarshi turish uchun hamkorlikni kuchaytirmoqchi

YEI va NATO Trampga qarshi turish uchun hamkorlikni kuchaytirmoqchi
Foto: nationalflags.shop
Yevropa ittifoqi va NATO AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp yanvar oyida prezidentlikka kirishishi bilan unga qarshi turish uchun hamkorlikni kuchaytiradi. Bu haqda Fransiyaning Le Monde gazetasi ismi oshkor etilmagan diplomatga tayanib xabar berdi.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Mark Ryuttening NATO bosh kotibi lavozimiga, shuningdek, Estoniya sobiq bosh vaziri Kaya Kallasning esa Yevropa ittifoqi tashqi siyosat xizmati rahbari lavozimiga tayinlanishi alyans va ittifoqning kelgusidagi hamkorligi uchun “yaxshi alomat” bo‘ldi.

Nashrning ta’kidlashicha, Yevropa ittifoqi va NATO “endi ortga qarashni istamayapti va xavfsizlikni mustahkamlash uchun birdamlik hamda hamkorlik qiyofasini yaratishga intilmoqda”.

YEI va NATO bir qator masalalarga, jumladan, harbiy harakatchanlik, yo‘l qoplamalari, texnikalar harakatlanishi uchun ko‘priklar va tunnellarni mustahkamlash, shuningdek, kibertahdidlar va diversiyaga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirishga ko‘proq e’tibor qaratish niyatida”, deb yozadi nashr.

Le Monde'ga ko‘ra, uzoq vaqt davomida Yevropa ittifoqi va NATO “bir-birini payqamagandek ko‘rinishgan”. Qayd etilishicha, NATOning sobiq bosh kotibi Yens Stoltenberg Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan bo‘lsa-da, “Yevropa ittifoqining harbiy sohadagi da’volaridan doimo g‘azablangan”.

Bryussel AQSHga kamroq qaram bo‘lish uchun o‘z oldiga sanoatini rivojlantirish vazifasini qo‘ydi”, deya qayd etadi nashr.
Trampning inauguratsiyasi 2025 yilning 20 yanvarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. U 5 noyabr kuni AQSHda bo‘lib o‘tgan navbatdagi prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi. Respublikachi Demokratik partiyadan nomzod Kamala Harrisni mag‘lub etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » YEI va NATO Trampga qarshi turish uchun hamkorlikni kuchaytirmoqchi