Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchixonasi rahbariyati Ummonning Janubiy ash-Sharqiya muhofazasi (viloyati) hokimi Yah’yo bin Badr al-Mavali bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Ummon munosabatlarining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Janubiy ash-Sharqiya muhofazasi hokimiga Sirdaryo viloyati bilan hududlararo aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ushbu masalalarni muhokama qilish maqsadida muhofaza delegatsiyasining yurtimizga tashrifini uyushtirish, ikki viloyat tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish taklifi bildirildi.
Hokim Yah’yo bin Badr al-Mavali bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlashini va mamlakatlarimiz o‘rtasida rivojlanib borayotgan aloqalarga o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini bildirdi. U, shuningdek, O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilish imkoniyatlari mavjudligini ham ta’kidladi.
O‘zbekiston diplomatlari, shuningdek, Ummon Savdo-sanoat palatasining Janubiy ash-Sharqiya muhofazasi boshqarmasi rahbari Anvar as-Sananiy va hudud tadbirkorlari bilan uchrashdilar. Unda O‘zbekistonda yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit va investorlarga berilayotgan imkoniyatlar, mamlakatimizga sarmoya kiritishning afzalliklari borasida atroflicha ma’lumot berildi. Ummonlik tadbirkorlar O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishga chaqirildilar.
Muloqot yakunida joriy yilda Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston-Ummon biznes-forumini o‘tkazish yuzasidan ahdlashib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
OAV: Diversion guruhi «Turk oqimi»ni portlatishga tayyorlangan
Millatlar ligasi. Ispaniya so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
Ukraina ATACMS bilan Rossiya hududlariga zarba berishi mumkin. Bu nimani o‘zgartiradi?