Foto: KCNA
KXDR rahbari Kim Chen In harbiylarga murojaati chog‘ida urushga tayyorgarlik ko‘rish zarurligini aytdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.
“Kim Chen In turli darajadagi qurolli kuchlarimizga inqilob va mavjud vaziyatdan kelib chiqib, urushga tayyorgarlikni yaxshilash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirish uchun jangovar shiorni ilgari surdi”, deyiladi xabarda.
Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, bu “Koreya yarimorolida tarixdagi eng keskin vaziyatni yaratgan” AQSH va Janubiy Koreya tahdidi bilan bog‘liq.
Shimoliy Koreya yetakchisining aytishicha, AQSH va G‘arb dunyoning boshqa mintaqalarida keskinlikni kuchaytirmoqda.
“Xususan, ular Ukrainadan “zarba beruvchi kuch” sifatida foydalanib, 'Rossiyaga qarshi urush' olib bormoqda”, deydi Kim Chen In.
Uning ta’kidlashicha, Pxenyan mojaroga “urushning amaliy tajribasini oshirish va butun dunyo bo‘ylab harbiy aralashuv ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan urush sifatida qarashi kerak”.
AQSH rasmiylari avvalroq Rossiya sharqiga 10 mingdan ortiq Shimoliy Koreya askari yetib kelgani, ularning aksariyati Kursk viloyatiga joylashtirilgani haqida xabar bergan edi. Moskva va Pxenyan qo‘shinlar yuborilgani haqidagi ma’lumotlarni rasman tasdiqlamagan.
Foto: Yonhap
Vashington mazkur harakatlarga “muvofiqlashtirilgan siyosiy yechimlar to‘plami” bilan javob qaytarishga va’da bergan. Amerika prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Qo‘shma Shtatlar Yaponiya va Janubiy Koreya bilan chora ko‘rishni muhokama qilishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi