Foto: “O‘FA”
We Global Football nashri 6-tur o‘yinlaridan so‘ng Osiyo jamoalarining 3-saralash bosqichi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri JCH—2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatlarini qayta hisoblab chiqdi.
Unga ko‘ra, 6-turdagi KXDR ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, O‘zbekiston milliy jamoasining mundialga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani kiritish imkoniyati 86% foizdan yuqori baholanmoqda. Portal O‘zbekiston guruhda birinchi o‘rinni olish imkoniyatini 8 foizga, ikkinchi o‘rinda tugatishga 78 foizga baholamoqda. 5-turdan so‘ng, bu ko‘rsatkich 84 % dan bir oz baland edi.
Guruh yetakchisi Eron final bosqichga yo‘l olish imkoniyati sal kam 100 foizga baholanmoqda.
Foto: Twitter
6-turdagi yirik hisobdagi mag‘lubiyat sabab Qatar termasining yo‘llanmani 3-bosqichdayoq qo‘lga kiritish imkoni 1 foizga teng. Uchinchi o‘rindagi BAA imkoniyati 13 % ga teng.
B va C guruhi yetakchilari Janubiy Koreya va Yaponiya We Global nashri mutaxassislarining fikricha, 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi aniq bo‘lib ulgurdi.
Qiziqarlisi, C guruhida 1 ochko farqqa qaramay Avstraliyaning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Uchinchi o‘rindagi Saudiya Arabistonining ikkinchi o‘rinni olish imkoni bor yo‘g‘i 12 foizga teng, deb hisoblanmoqda.
Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayevning goli O‘zbekistonga Shimoliy Koreya ustidan g‘alaba keltirgan edi. Ushbu g‘alabadan so‘ng, o‘zbekistonliklar hisobidagi ochkolar soni 13 taga yetdi.
Milliy jamoa 7-tur uchrashuvini 20 mart kuni Toshkentda Qirg‘iziston termasiga qarshi o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Putin urushga 2025 yil uchun rekord miqdorda pul ajratdi
Abduqodir Husanov “taxt”ni topshirdi, lekin...
Tbilisidagi namoyishchilar yana shahar markazida to‘planmoqda
Superliga. O‘tish o‘yinida qaysi jamoalar bellashadi?
Ruben Amorim “Manchester Yunayted”ning eng nozik nuqtasini topdi
O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi