Omega-3 yog‘ kislotalari yurak, bosh miya va immun tizimi uchun foydali ekani barchaga ma’lum. Ammo uning ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda samarali ekani haqida ko‘pchilik bilmaydi. Quyida omega-3 ning ozdiruvchi xususiyatlarini batafsil ko‘rib chiqamiz.
Foto: Homecuresthatwork.com
Omega-3 ozishda qanday yordam beradi?
Omega-3 termogenez jarayoni, ya’ni organizmda haroratni saqlash va ovqatni qayta ishlash uchun ko‘proq energiya sarflash jarayonini rag‘batlantiradi. Bu esa ko‘proq kaloriyalarni yo‘qotishga yordam beradi.
American Journal of Clinical Nutrition jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, omega-3 ni muntazam ravishda iste’mol qilish metabolizm tezligini 3-5 foizga oshirishi mumkin. Bunda organizm energiya manbai sifatida ko‘proq yog‘lardan foydalana boshlaydi.
Omega-3 ishtahani nazorat qiladi
Omega-3 to‘qlik hissi uchun javob beradigan leptin gormoni miqdorini oshiradi va ishtahani nazorat qilishga yordam beradi. Leptin darajasining ko‘payishi ovqatlanish istagini susaytiradi va iste’mol qilinadigan oziq-ovqat miqdorini nazorat qilishga yordam beradi.
Appetite Journal nashrida ma’lum qilishicha, omega-3 yog‘ kislotalari iste’mol qilinadigan umumiy kaloriyalar miqdorini kamaytiradi.
Omega-3 yallig‘lanishni kamaytiradi
Surunkali yallig‘lanish metabolizmni sekinlashtiradi va ortiqcha yog‘larning to‘planishiga olib keladi. Omega-3 esa yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo‘lib, shu orqali metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi.
Omega-3 va insulinga ta’sirchanlik
Insulin bilan bog‘liq muammolar ko‘pincha semizlikka olib keladi. Omega-3 organizmning insulinga ta’sirchanlik xususiyatini yaxshilaydi, natijada glyukoza ortiqcha yog‘ zaxirasi bo‘lib to‘planmay, energiya manbai sifatida ishlatiladi.
Foto: iStock
Omega-3 ni qanday tanlash lozim?
Baliq yog‘ining bir nechta ko‘rinishdagi turlari mavjud, ularning samarsi bir-biridan farq qiladi. Omega-3 ni tanlashda quyidagi mezonlarni hisobga olish kerak:
Omega-3 shakli. Organizmda eng yaxshi so‘riladigan qo‘shimchalar erkin yog‘ kislotalari (FFA), triglitseridlar (TG) va fosfolipidlar (PL) shaklidadir. Etil efirlar (EЕ) qo‘shilgan turini xarid qilish tavsiya etilmaydi, chunki u organizmda yaxshi so‘rilmaydi.
EPA va DHA. Omega-3 tarkibidagi bu ikki asosiy kislotaning ko‘plab ijobiy ta’siri mavjud. Kapsula ko‘rinishidagi omega-3ni xarid qilishdan avval uning tarkibida aynan shu moddalar kamida 500 mg bo‘lishiga e’tibor berish lozim.
Mahsulotning yangiligi. Omega-3 saqlash muddati qisqadir, uni xarid qilishda yaroqlilik muddatini va hidini tekshirish lozim. Agar mahsulotdan yoqimsiz hid kelsa, demak, mahsulot iste’molga yaroqli hisoblanmaydi.
Antioksidantlar. Omega-3 kapsulalariga qo‘shilgan E vitamini oksidlanishning oldini oladi va mahsulotning saqlash muddatini uzaytiradi.
Omega-3 qanday shaklada iste’mol qilish kerak?
Omega-3 moddasining eng foydali manbasi bu yog‘li baliq (losos, sardina) yoki dengiz o‘tlari kabi tabiiy mahsulotlardir. Ularni muntazam iste’mol qilishning iloji bo‘lmasa, tabletka ko‘rinishidagi qo‘shimchalarni qabul qilish mumkin,
Muhim: shifokordan maslahat olishni unutmang!
Umuman olganda, omega-3 xavfsiz qo‘shimcha bo‘lsa-da, uni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashish zarur. Bu qoida, ayniqsa, surunkali kasalligi bor bemorlar uchun muhimdir, chunki omega-3 qon ivishiga ta’sir qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin