06:56 / 21.11.2024
36

Putin Ukrainaga hududiy imtiyozlar bermay Tramp bilan tinchlik masalasini muhokama qilishga tayyor

Putin Ukrainaga hududiy imtiyozlar bermay Tramp bilan tinchlik masalasini muhokama qilishga tayyor
Foto: AP
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donald Tramp bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini muhokama qilishga tayyor”, deb yozadi Reuters beshta manbaga tayanib.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, Putin har qanday sezilarli hududiy imtiyozlar ehtimolini istisno qiladi. Shuningdek, Rossiya Ukrainaning NATOga kirishiga hamda Ukraina hududida NATO qo‘shinlarining bo‘lishiga ham rozi bo‘lmaydi.

Reuters'ning besh nafar sobiq va amaldagi rossiyalik amaldorlarga tayanib xabar berishicha, Kreml front chizig‘idagi mojaroni muzlatishga rozi bo‘lish ehtimoli mavjud. Muzokaralar to‘rtta viloyatning, xususan, DXR, LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlari yangi chegaralarini aniq belgilash bo‘yicha olib borilishi mumkin.

Nashr manbalari Rossiya Xarkov va Nikolayev viloyatlaridagi kichik hududlardan voz kechishi mumkinligini qayd etgan.

Putin joriy yilning iyun oyida tinchlik muzokaralarini boshlash uchun Ukraina o‘z ma’muriy chegaralaridagi barcha to‘rtta yangi hududdan qo‘shinlarini olib chiqib ketishi kerakligini ta’kidlagan.

Nashr suhbatdoshlari Ukrainaning NATOga kirishdan bosh tortishini tinchlikka erishishning yana bir muhim sharti deb atagan.

Ayni damda Kreml Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilish uchun ochiq”, deydi rossiyalik rasmiylar.
Rossiya hukumati Ukrainadan Qurolli kuchlari sonini cheklashni va rus tilini kamsitishni bas qilishni talab qilishi mumkin. Mazkur talablar 2022 yil bahorida tayyorgarlik ko‘rilgan Istanbul tinchlik kelishuvi materiallarida keltirilgan.

Agentlik suhbatlashgan ikki rossiyalik rasmiy sulh hujjati Istanbul kelishuvlari loyihasiga o‘xshab ketishi mumkinligini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, Ukraina AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari evaziga doimiy betaraflikka rozi bo‘lishi kerak.

Kremlga yaqin bo‘lgan barcha suhbatdoshlar Qrimning kelajagi muhokama qilinmasligini aytgan. Ikki manbaning ta’kidlashicha, Bayden Ukrainaga AQSH qurollari bilan Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat etgani mojaroning yechimini murakkablashtirishi va kechiktirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Ukrainaga hududiy imtiyozlar bermay Tramp bilan tinchlik masalasini muhokama qilishga tayyor