
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 noyabr kuni Rossiya bosh prokurori Igor Krasnovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki tomonlama keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Terrorizm, ekstremizm, kiberjinoyatlar, korrupsiya va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohalarida, jinoiy aktivlarni qaytarish, sun’iy intellektni joriy etish va raqamlashtirish borasida bosh prokuraturalar o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Mamlakatlar prokuratura idoralari o‘rtasida yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro aloqa va almashinuvlarni kengaytirish, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar