18:43 / 19.11.2024
11

Rossiya armiyasi qishda Ukraina shaharlarini egallab olmoqchi

Rossiya armiyasi qishda Ukraina shaharlarini egallab olmoqchi
Foto: AP Photo
Rossiya armiyasi qishda asosiy e’tiborini Ukrainaning frontdagi shaharlarini egallashga qaratadi. Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) o‘zining navbatdagi hisobotini taqdim etdi.

Hisobotga ko‘ra, rossiyaliklar artilleriya borasida ustunlikka ega, ammo ukrainlarning dronlari sabab jiddiy talafotlar ko‘rishmoqda. Shu sababli ular raqib tomonning dronlar borasidagi ustunligini yo‘q qilishmoqchi. Bu Rossiyaga zirhli transport vositalari kamroq talafot ko‘rishida yordam beradi.

Rossiyalik harbiy muxbir, “Rybar” telegram kanali asoschisi Mixail Zvinchukka ko‘ra, Rossiya armiyasi ochiq maydonda jang qilishdan qochmoqchi. Ularning birinchi navbatdagi nishon Toretsk, Pokrovsk va Kuraxovo bo‘ladi. Rossiya kuchlari hozirda Pokrovsk uchun jang boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tahlilchilar Zvinchuk Kreml bilan yaqin aloqaga egaligi va ichki ma’lumotlardan xabardor ekaniga e’tibor qaratdi. Rus armiyasining Kupyansk va Chasov Yar yo‘nalishlari bo‘ylab qo‘lga kiritgan yutuqlari kelayotgan qish uchun rejalashtirilgan hujumga tayyorgarlikning bir qismi bo‘lishi mumkin.

ISW ekspertlari fikricha, Kupyansk yoki Chasov Yarning qo‘lga olinishi frontdagi vaziyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu Ukraina kuchlarining shu yo‘nalishlardagi asosiy mudofaa pozitsiyalariga jiddiy tahdidni yuzaga keltirishi mumkin.

Rossiya armiyasi shahar janglarini afzal ko‘rishi sababi

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Rossiya harbiy qo‘mondonligi piyodalardan iborat otryadlar bilan hujum amaliyotlarini eng yaxshi variant deb biladi. Boisi ko‘p qavatli binolar dronlardan himoyalanish uchun yaxshiroq imkoniyat beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya armiyasi qishda Ukraina shaharlarini egallab olmoqchi