20:49 / 21.11.2024
7

Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi

Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Superliganing 25-turi start oldi. Turni "Paxtakor" - OKMK bahsi ochib berdi. JAR stadionida bo‘lib o‘tgan mazkur bellashuvda olmaliqliklar 0:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘yindagi gollarga Nodirbek Abdurazzoqov (31') va Arixiro Sentoku (87') mualliflik qildi.

Shu tariqa, OKMK poytaxtdagi "Paxtakor"ga qarshi o‘yinlardagi g‘alabasiz 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi va Superliganing 2-pog‘onasini mustahkamladi.

Superliga
25-tur
"Paxtakor" – OKMK 0:2
Gol
: 0:1 — 32, Nodirbek Abdurazzoqov (Xurshid G‘iyosov), 0:2 — 85, Arixiro Sentoku (Aziz Xolmurodov).
"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 3.Shahzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullayev, 8.Diyor Xolmatov, 23.Abdurauf Bo‘riyev, 30.Otabek Jo‘raqo‘ziyev (22.Umar Adhamzoda, 76), 33.Doniyor Abdumannopov (31.Muhammadali Usmonov, 76), 40.Kimi Merk (11.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 63), 44.Mahmudjon Mahammadjonov, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 99.Ulug‘bek Hoshimov (6.Muhammadali O‘rinboyev, 63).
Zaxira: 35.Pavel Pavlyuchenko, 15.Diyorbek Ortiqboyev, 18.Saidumarxon Saidnurullayev, 20.Dilshod Abdullayev.
OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 4.Mirjamol Qosimov (30.Abror Sarimsoqov, 60), 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 7.Dilshodbek Ahmadaliyev, 10.Xurshid G‘iyosov (9.Ruben Sanches, 72), 11.Kleydi Datsi (18.Aziz Xolmurodov, 72), 15.Oybek Rustamov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 21.Saidafzalxon Axrorov, 28.Arixiro Sentoku (5.Giorgi Papava, 89), 77.Nodirbek Abdurazzoqov (22.Shohruh Gadoyev, 89).
Zaxira: 1.Valijon Rahimov, 13.Eldorbek Begimov, 19.Mixael Klepach, 27.Ali Abdurahmonov.
Ogohlantirish: Mirjamol Qosimov (55), Abror Sarimsoqov (65), Abdurauf Bo‘riyev (70), Arixiro Sentoku (73).

Quyida turnir jadvalidagi holat bilan tanishing:

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi