🏥Bugun Milliy tibbiyot markazida Butunjahon diabetga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
▶️Tadbirda tibbiyot mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar va boshqa soha vakillari ishtirok etib, diabet kasalligini oldini olish, uning oqibatlarini yengillashtirish va hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha yangi usullar va innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi.
👩🏻💻Konferensiyada asosan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ovqatlanish ratsionini to‘g‘ri tashkil qilish hamda muntazam jismoniy faollikning diabetni nazorat qilishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
✔️Shu bilan birga, zamonaviy tibbiy texnologiyalar va dorivor vositalar orqali bemorlarga ko‘rsatilayotgan yordamning samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.
🔹Tadbir oxirida qatnashchilar o‘zaro fikr almashib, diabetga qarshi kurashda davlat, tibbiyot va jamiyatning o‘zaro hamkorligi muhim ekanligini qayd etdilar.
✍️Milliy tibbiyot markazi
Matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Matbuot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi