08:08 / 21.11.2024
39

Yil oxirigacha dunyoda yadroviy zarba amalga oshiriladimi?

Yil oxirigacha dunyoda yadroviy zarba amalga oshiriladimi?
Rossiyaning yadroviy doktrinasi yangilangandan so‘ng, dunyo davlatlaridan biri o‘z dushmaniga shunday zarba berishi mumkinligidan xavotir kuchaydi.

Polymarket platformasi 2024 yil oxirigacha yadroviy zarba bo‘ladimi yoki yo‘q”, deb taxmin bildirish imkoniyatini taklif qilmoqda.

Taklifda aytilishicha, agar 2024 yil 1 iyuldan 2024 yil 31 dekabrgacha dunyoning istalgan nuqtasida yadro quroli qo‘llanilsa, “Ha” taxmini g‘alaba qozonadi.

Skrinshot: Polymarket
Uzoq vaqt davomida yadroviy zarba yil oxirigacha sodir bo‘lishini taxmin qilganlar ulushi juda past bo‘lib turgandi. Putin yangi yadroviy doktrinani ma’qullaganidan so‘ng, odamlar yadroviy zarba sodir bo‘lishi mumkinligini ko‘proq taxmin qila boshladi (o‘rtacha 15 foiz).

20 noyabr holatiga ko‘ra, taxmin bildirganlarning 9 foizi dunyo davlatlaridan biri 2024 yil oxirigacha yadroviy zarba berishi mumkin, deb hisoblaydi. Qolganlarning bunday bo‘lmasligiga ishonchi komil.

19 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadro bo‘yicha yangi doktrinani ma’qulladi.

Yangi doktrinaga ko‘ra, Ukrainaning Rossiyaga qarshi G‘arbning yadrosiz raketalarini qo‘llashi yadroviy javob zarbasiga olib kelishi mumkin.

Foto: “RIA Novosti”
Ammo Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mamlakat har doim yadro urushi oldini olish tarafdori ekanini aytdi.

Biz yadroviy urushning oldini olish uchun hamma narsa qilinishi kerak degan pozitsiyaga qat’iy amal qilamiz. Yadroviy qurol, eng avvalo, har qanday yadroviy urushni to‘xtatish, oldini olish, tiyib turish vositasi ekaniga aminmiz. Biz vaziyatga shunday yondashamiz”, dedi Rossiya TIV rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yil oxirigacha dunyoda yadroviy zarba amalga oshiriladimi?