07:43 / 15.12.2019
3 523

Hokimlik ko’prik muammosini qanday hal etadi?

Hokimlik ko’prik muammosini qanday hal etadi?
Fuqarolar ko‘prik masalasida deputatlikka ko‘rsatilgan nomzodga murojaat qildi. Hokimlik muammoni bartaraf qilishni boshladi.

Koson tumanidagi “Beruniy” hududida bir necha yillardan beri aholi eski va xavfli ko‘rinishga kelib qolgan ko‘prikdan foydalanardi. Buni inobatga olib joriy yilning yoz oylarida qishloqqa kiraverishda yangi ko‘prik qurish ishlari boshlandi. Biroq ayrim sabablarga ko‘ra qurilish ishlari oxiriga yetkazilmay qoldi. Bu haqda Koson tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur muammoga yechim izlab fuqarolar Oliy majlis qonunchilik palatasi deputatligiga O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Ziyoda Aminovaga murojaat qildi. Nomzod masala bilan atroflicha tanishib chiqib, Koson tuman hokimligiga bog‘landi.

Koson tuman hokimligi “Beruniy” hududida qurilgan ko‘prikning oxirgi ishlari bajarilmay qolganining sababi bilan qiziqib, muammoni yechish choralarini izlab ko‘rdi.
Sohaga aloqador mutaxassislar bilan maslahatlashib ko‘prikning qolgan qismini qurish ishlarini boshlab yuborishdi. Tez orada mazkur hududda yangi va xavfsiz ko‘prik foydalanishga topshiriladi, - deyiladi xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hokimlik ko’prik muammosini qanday hal etadi?