Dam olish kunlari Oʻzbekistonda yomgʻir kutilmoqda

1 daqiqa o'qish1.1K
Dam olish kunlari Oʻzbekistonda yomgʻir kutilmoqda

Dam olish kunlari Oʻzbekistonda yomgʻir kutilmoqda

Oʻzbekistonda may oyining ilk kunlari bahoriy, biroq beqaror ob-havo bilan boshlanadi. Bu haqda Oʻzgidromet sinoptiklari maʼlum qildi.

Prognozlarga koʻra, respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kuzatilib, ayrim joylarda momaqaldiroqlar boʻlishi mumkin. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyatining shimoliy qismlarida yomgʻir kutilmayapti.

Sinoptiklar taʼkidlashicha, 2–3 may kunlari yogʻingarchilik kamayadi va asosan ayrim hududlardagina qisqa muddatli yomgʻirlar kuzatilishi mumkin.

Harorat koʻrsatkichlari ham biroz pasayadi. Jumladan, 1 may kuni kunduzi havo 27–30 daraja atrofida boʻlsa, dam olish kunlari 22–25 darajaga tushishi kutilmoqda. Shimoli-gʻarbiy hududlarda juma kuni 20–23 daraja boʻlishi, yakshanbaga kelib esa yana 27–30 darajagacha koʻtarilishi prognoz qilingan.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda esa 1–3 may kunlari vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi, ayrim joylarda kuchli momaqaldiroqlar kuzatilishi mumkin. Shuningdek, sel-suv toshqinlari xavfi ham istisno etilmayapti.

Toshkent shahrida juma kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat 28–30 daraja boʻladi. Shanba va yakshanba kunlari ham vaqt-vaqti bilan yomgʻir yogʻib turishi ehtimoli bor. Bu kunlarda kechasi 13–15 daraja, kunduzi esa 22–24 daraja atrofida boʻlishi kutilmoqda.

Mutaxassislar aholini ob-havodagi oʻzgarishlarga tayyor turishga va ehtiyotkorlik choralarini koʻrishga chaqirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?