«Bankrotlik to’g’risida»gi qonunga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma'lum qildi.
Qonun bilan kiritilgan o’zgartishlarga ko’ra, bankrotlik to’g’risidagi ishni qo’zg’atish uchun beriladigan arizada qarzdor va kreditorlarga to’lov qobiliyatini tiklash yoki tugatish tartibotlari qo’llashni ko’rsatgan holda murojaat etish huquqi berildi.
Kreditorlar yig’ilishida kreditorlar tomonidan ovoz berishda guruhlarga bo’lish va har bir kreditor guruhining ovozlari alohida inobatga olish amaliyoti joriy etildi. Shuningdek, endilikda kelishuv bitimi bankrotlik taomili deb hisoblanmaydi. Qarzdor va kreditorlar iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimi tuzishga haqli.
Qonunga ko’ra, bankrotlik to’g’risidagi ishni ko’rish muddati 1 oy etib belgilandi (hozirga qadar bu muddat 2 oy edi).
Shu bilan birga, endilikda sud sanatsiyasi ko’pi bilan 24 oy muddatga joriy etiladi (hozirga qadar 24 oy joriy etilib, iqtisodiy sud tomonidan ko’pi bilan 6 oyga uzaytirilishi mumkin edi). Ushbu qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tibordan kuchga kiradi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?