date

Tailand va Kambodja o‘rtasidagi keskinlik yumshayapti

Tailand va Kambodja o‘rtasidagi keskinlik yumshayapti
Tailand va Kambodja o‘rtasida tuzilgan sulh kelishuvi bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilmoqda. Bu haqida Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi. Pekin tomonlar vaziyatni keskinlashtirmasdan, tinch yo‘l bilan hal etishga intilayotganini qayd etdi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Lin Tsyanning aytishicha, har ikki davlat sulhning to‘liq va uzoq muddatli bo‘lishini ta’minlashi zarur. Xitoy mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni saqlash tarafdori ekanini bildirdi.

Shuningdek, Tailand 18 nafar askarni Kambodjaga qaytargani ma’lum qilindi. Bu qadam tomonlar o‘rtasida ishonchni tiklash va kelishuvga sodiqlik belgisi sifatida baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Tailand va Kambodja dekabr oyining oxirida ikkinchi bor sulh kelishuviga erishgan edi. Ushbu kelishuv bir necha hafta davom etgan chegara to‘qnashuvlariga barham berib, mintaqada vaziyatni barqarorlashtirishga xizmat qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tailand va Kambodja o‘rtasidagi keskinlik yumshayapti