11:30 / 22.02.2019
3 747

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "Lokomotiv Tbilisi"ni mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "Lokomotiv Tbilisi"ni mag‘lubiyatga uchratdi
Terma jamoamiz Ispaniyadagi ikkinchi nazorat o‘yinida maydonga tushdi. "Pinatar" stadionida "Lokomotiv Tbilisi" jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda vakillarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Nazorat uchrashuvi
San-Pedro-del-Pinatar, "Pinatar" stadioni
O‘zbekiston OTJ - "Lokomotiv Tbilisi" 3:2
Gollar:
Bobur Abduxoliqov (10,32), Oston O‘runov (41)

O‘zbekiston OTJ (boshlang‘ich tarkib): Umid Ergashev, Dilshod Saidov, Islom Qobilov, Husniddin G‘ofurov, Ilhom Alijonov, Oybek Rustamov, Oston O‘runov, Aziz Amonov, Nurillo To‘xtasinov, Bobur Abduxoliqov, Mirjahon Mirhamidov.
Zaxiradan tushganlar: Abdulla Abdullayev, Islom Rashidxonov, Sanjar Qodirqulov, Suhrob Nurulloyev, Abror Ismoilov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida kelasi yil Taylandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashadi.
Saralash bahslari Toshkentda o‘tkazilib, terma jamoamiz a’zolari Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.





Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "Lokomotiv Tbilisi"ni mag‘lubiyatga uchratdi