«Oʻzgidromet» 23 yanvar, payshanba kuni uchun ob-havo prognozini e'lon qildi. Unga koʻra:
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda. Harorat kechasi –3...–5 daraja, kunduzi –1...+1 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi –8...–13 daraja, kunduzi 0...–5 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –5...–10 daraja, kunduzi –2...+3 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va kunduzi ba'zi joylarda qor yogʻadi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...–7 daraja, kunduzi –2...+3 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi ba'zi joylarda qor yogʻishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi –2...+3 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –10...–15 daraja, kunduzi –5...–10 daraja boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar