Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ga oʻtgach, oʻzbekistonlik futbolchilar orasida eng koʻp maosh oladigan futbolchiga aylandi.
Jurnalist Narzulla Saydullayevning ma'lumotiga koʻra, Husanovning yillik daromadi taxminan 3,5 million yevroni tashkil qiladi.
20 yoshli futbolchining haftalik maoshi 67 ming yevro boʻlsa, oyiga 290 ming yevro, kuniga esa taxminan 9,5 ming yevroni tashkil qiladi. Bu koʻrsatkich uni oʻzbekistonlik futbolchilar orasida eng koʻp maosh oladigan futbolchiga aylantiradi.
Ma'lumot uchun, Husanov 40 million yevro evaziga Fransiyaning «Lans» klubidan «Manchester Siti»ga transfer qilindi.
Bungacha Eldor Shomurodov eng koʻp maosh oluvchi oʻzbekistonlik futbolchi boʻlib, uning yillik daromadi Rim klubida 2 million yevroni tashkil qilardi. Husanov endi 3,5 million yevro maoshi bilan bu borada birinchi oʻringa chiqdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar