Rossiya Premer-ligasida yuqori oʻrinlar uchun kurashishni maqsad qilgan Moskvaning SSKA klubi yangi yildagi dastlabki oʻquv-mashgʻulot yigʻinini Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtkazadi.
Serbiyalik bosh murabbiy Marko Nikolich rahbarlaridagi murabbiy shtabi Abu-Dabi shahridagi yigʻinga katta tarkibni jalb qildi.
SSKA rasmiy saytida mavsumlar oraligʻidagi mashgʻulotlarda qatnashadigan futbolchilarning quyidagi roʻyxati e'lon qilindi.
Darvozabonlar:
Igor Akinfeyev, Vladislav Torop, Danila Bokov, Nikolay Barovskiy.
Himoyachilar:
Moyzes, Villian Rosha, Kellven, Igor Diveyev, Milan Gaich, Danil Krugovoy, Ilya Agapov, Matvey Lukin, Mixail Ryadno, Jamalutdin Abdulqodirov, Amirhusayn Rivandi.
Yarim himoyachilar:
Miralem Pyanich, Sasha Zdelar, Kristyan Bistrovich, Maksim Muxin, Ivan Oblyakov, Rifat Jemaletdinov, Abbosbek Fayzullayev, Kirill Glebov, Matvey Kislyak, Artyom Bandikyan, Ivan Ananev.
Hujumchilar:
Tamerlan Musayev, Saul Guarirapa, Artyom Shumanskiy, Seku Koyta.
Oʻtgan yilni “Buxoro” klubida yakunlagan eronlik legioner Amirhusayn Rivandi bu gal Abbosbek Fayzullayev bilan birga chempionatning ikkinchi qismiga tayyorgarlik koʻradi. Oʻtgan mavsumda Oʻzbekiston chempionati Pro-ligasida ishtirok etgan buxoroliklar Rivandini 2024 yilning iyulida ijaraga olgan edi.
20 yoshli futbolchi Pro-Ligada 9 ta uchrashuvda ishtirok etdi va ma'lum ma'noda oʻyin tajribasiga ega boʻlib, mahoratini oshirdi. Biroq eronlik legioner “Buxoro”da samarali harakatlarni amalga oshira olgani yoʻq.
Rivandi Eronning “KIA” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. SSKA uni 2024 yilning fevralida ijaraga olgan va bir necha oy sinaganidan keyin 100 ming yevro evaziga transfer qilgan edi. Transfermarkt portali ekspertlari “Buxoro” safidagi oʻyinlaridan keyin iste'dodli futbolchining transfer summasini 150 ming yevrogacha koʻtardi.
Abbosbek Fayzullayev etakchiligidagi SSKA futbolchilari 23 yanvarga qadar davom etadigan oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ikkita oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi.
“Armiyachilar” 19 yanvar kuni Oʻzbekiston Superligasi kumush medal sovrindori OKMK jamoasi bilan kuch sinashadi. Moskvaliklar birinchi yigʻinni 23 yanvar kuni Qozogʻistonning “Ordabasi” jamoasiga qarshi boʻladigan oʻyin bilan yakunlashi belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, 2023 yilning yozida “Paxtakor”dan SSKAga koʻchib oʻtgan Abbosbek Fayzullayev joriy mavsumda barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol va oltita assist muallifi boʻldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abduqodir Husanov va uning «Manchester Siti»ga oʻtishi: bu Oʻzbekiston futboli uchun nimani anglatadi?
Eldor Shomurodovni olish uchun A Seriyaning qaysi klublari kurashmoqda?
Rossiyalik ekspertlar Husanov transferi boʻyicha keskin fikrlar bildirishmoqda
Abduqodir Husanov kuchlimi yoki Vitor Reys?
Uch nafar oʻzbek futbolchisi Qozogʻiston terma jamoasidan qimmat turadi!
“Manchester Siti” Abduqodir Husanovdan soʻng yana bir himoyachi transferini hal qildi