Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning Ikkinchi jahon urushidagi Qoʻshma Shtatlar gʻalabasiga qoʻshgan hissasini e'tirof etib, bu davrda Rossiyaning yoʻqotishlari miqyosini alohida ta'kidladi.
“Biz hech qachon unutmasligimiz kerak, Rossiya bizga Ikkinchi jahon urushida gʻalaba qozonishda yordam berdi, bunda deyarli 60 million kishisini yoʻqotdi”, deb yozadi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.
Shu bilan birga, Rossiyaning rasmiy ma'lumotlariga koʻra, Ulugʻ Vatan urushi yillarida mamlakat 27 millionga yaqin kishini, jumladan harbiylar va tinch aholini yoʻqotgan. Bu yoʻqotishlar jahon tarixining eng fojiali sahifalaridan birini tashkil etadi va Sovet ittifoqining fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan gʻalabaga qoʻshgan hal qiluvchi hissasini aks ettiradi.
Rossiya hukumati ba'zi Gʻarb davlatlari tarixni qayta yozishga urinayotganini bir necha bor ta'kidlagan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva Ulugʻ Vatan urushi haqidagi haqiqatni saqlab qolishga va uning tarixini soxtalashtirishga urinishlarga qarshi turishga majburligini ta'kidladi.
Urush yillarida AQSh va Sovet ittifoqi umumiy dushman – fashistlar Germaniyasiga qarshi ittifoqchi boʻlgan. Bu hamkorlik oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
1. Lend-Liz dasturi: AQSh Sovet ittifoqiga harbiy texnika, oziq-ovqat va boshqa resurslarni taqdim etgan. Bu yordam urushning hal qiluvchi davrida katta ahamiyat kasb etgan.
2. Ikki front ochilishi: AQSh va Britaniya Gʻarbiy Evropada ikkinchi frontni ochib, Sovet ittifoqi zimmasidagi bosimni kamaytirgan.
3. Yaxlit gʻalaba uchun hamkorlik: Ittifoqchilar strategik muvofiqlashtirish orqali Germaniya va uning ittifoqchilariga qarshi muvaffaqiyatli operatsiyalar oʻtkazgan.
AQSh prezidenti avvalroq rossiyalik hamkasbi Ukrainadagi urushni tugatish boʻyicha muzokaralardan bosh tortsa, ehtimol” Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar joriy qilishini aytdi.
Tramp Rossiya va Ukraina prezidentlari bilan “ular xohlagan vaqtda” uchrashishga tayyorligini ta'kidladi. Bundan tashqari, u Ukrainadagi urush qurbonlarining rasmiy sonini shubha ostiga qoʻydi. Tramp urush allaqachon “millionlab odamlarning” hayotiga zomin boʻlganini ta'kidladi.
Amerika prezidentining hisob-kitoblariga koʻra, Moskva 800 mingga yaqin, Kiyev esa 600 dan 700 minggacha odamni yoʻqotdi. Tramp, shuningdek, AQSh Ukrainaga yordam berish masalasida NATOning boshqa mamlakatlariga nisbatan nomutanosib yuqori moliyaviy yukni koʻtarayotganini yana tanqid qildi. U alyans davlatlarini mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirishga chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar