AQSh prezidenti Donald Tramp agar Ukraina bilan kelishuvga erishmasa, Rossiya va uning ittifoqchilariga sanktsiyalar va tariflar bilan tahdid qildi.
Tramp agar Moskva Ukraina bilan urushni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishmasa, Rossiya va uning ittifoqchilariga ogʻir boʻlishini aytgan.
“Agar biz kelishuvni tezda amalga oshirmasak, Rossiya tomonidan AQShga va boshqa ishtirokchi davlatlarga sotilgan hamma narsaga yuqori soliqlar, bojlar va sanktsiyalar kiritishdan boshqa choram qolmaydi”. Bu haqda Tramp oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻida yozgan.
Tramp bu tahdid orasida “rus xalqini yaxshi koʻrishi” va Putin bilan “doimo yaxshi munosabatda boʻlganligi” haqidagi gaplarni qistirib oʻtgan.
“Bularning barchasi men iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutayotgan Rossiyaga va prezident Putinga xayrixohlik ekanimni bildiradi. Darhol rozi boʻling va bu ahmoqona urushni toʻxtating!" — davom etdi Tramp. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar