date
views 63 796

Penaltisiz kim koʻproq gol urgan? Ronaldumi yoki Messi?

Penaltisiz kim koʻproq gol urgan? Ronaldumi yoki Messi?
"Give Me Sport" mutaxassislari qiziqarli reytinglarni e'lon qilishda davom etmoqda. Bu safar XXI asrning eng yaxshi toʻpurarlari reytingi taqdim etildi. Mazkur reytingda penaltilardan urilgan gollar hisobga olinmadi.

Birinchi oʻrinni 746 ta gol bilan Krishtianu Ronaldu egalladi. Portugaliyalik futbolchi Lionel Messidan 5 ta gol koʻp urgan. Messi 741 ta gol bilan ikkinchi oʻrinda. Biroq, oʻyin uchun oʻrtacha gollar sonini hisobga olganda, Messi Ronaldudan yuqorida turadi (0,68 ga 0,59).

Uchinchi oʻrinni 609 ta gol bilan Robert Levandovski egalladi. Keyingi oʻrinlarda Luis Suares (529), Zlatan Ibragimovich (488), Karim Benzema (444), Edin Jeko (412), Edison Kavani (401), Serxio Aguyero va Samuel Eto'O (378 tadan) joy olgan.

Umuman olganda, penaltilar hisobga olinsa, Krishtianu Ronaldu 917 ta, Lionel Messi esa 850 ta gol urgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Penaltisiz kim koʻproq gol urgan? Ronaldumi yoki Messi?