23:33 / 22.01.2025
8

Pentagon: KXDR Rossiya-Ukraina urushiga qoʻshimcha kuchlar yuborishni rejalashtirmoqda

Pentagon: KXDR Rossiya-Ukraina urushiga qoʻshimcha kuchlar yuborishni rejalashtirmoqda
Kelgusi ikki oy ichida KXDR Rossiya tomonida Ukraina bilan jang qilayotgan oʻz harbiylariga qoʻshimcha kuchlar yuboradi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligining yuqori martabali mulozimiga tayanib, The New York Times xabar berdi. Gazeta manbasi hech qanday tafsilotlarni keltirmadi.

BBC nashrining Gʻarb rasmiylariga tayanib yozishicha, yanvar oyi oʻrtalariga kelib, Kursk oblastidagi KXDR qoʻshinlari toʻrt mingga yaqin jangchini yoʻqotgan (halok boʻlganlar va yaradorlar), ulardan mingga yaqini halok boʻlgan.

Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati Ukraina bilan urushda Rossiya tomonida jang qilgan kamida 300 shimoliy koreyalik askar halok boʻlganini da'vo qildi. Razvedka ma'lumotlariga koʻra, yana 2700 askar yaralangan.

Avvalroq, Ukraina va Janubiy Koreya KXDR Rossiyaga 10 mingdan ortiq askar yuborganini ma'lum qilgan edi.

12 yanvar kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev asirga olingan koreys askarlarini KXDR etakchisi Kim Chen Inga topshirishga tayyorligini, buning uchun asirdagi ukrainalik askarlarga almashtirishni tashkil qilishi lozimligini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo