Abduqodir Husanovning agenti Gayrat Xasbiullin "Sport-ekspress" nashriga intervyu berdi. Ushbu intervyu payti u Husanovga "Siti"dan boshqa yana qaysi jamoalar qiziqqani haqida gapirib oʻtdi.
Husanov 20 yanvar kuni rasman "Manchester Siti" oʻyinchisi sifatida e'lon qilingan edi.
- Shaxsan siz Abduqodirning "Siti"ga transferi haqiqatga yaqin ekanligini tushundingiz? Muzokaralar qanday oʻtdi?
- Noyabr oyining oxirlarida "Siti" bizning futbolchiga jiddiy qiziqayotganini tushundik. Dekabrning boshida esa ingliz klubi ehtimoliy transfer borasida "Lans" bilan ham, biz bilan ham gaplashishni boshladi.
- Boshqa variantlar ham bormidi?
- Oʻsha paytda Husanov borasida APLning yarim jamoasi biz bilan aloqaga chiqdi. Qaysidir pallada men 12 ta ingliz klubi biz bilan aloqaga chiqqanini sanadim.
- "Siti"ning asosiy raqobatchisi kim edi?
- "Nyukasl". Ular bu poygadan oxirgi boʻlib chiqishdi. Bu juda yaxshi jamoa, qiziqarli loyiha. Bu jamoani yorqin kelajak kutmoqda. Menimcha, "Nyukasl" yaqin yillarda APLda Top-6 likka kirib oladi. Ammo moliyaviy feyr-pley va boshqa faktorlar tufayli "Nyukasl" aniq taklifni yubora olmadi. Barchasi choʻzilib ketdi.
Bu vaqtda "Siti" klubi "Lans"ga ham, bizga ham bosim oʻtkazib javobimizni kutayotgan edi. Yakunda biz shu variantni tanladik, kelishuv amalga oshdi", - dedi Husanovning agenti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar