“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaga yangi qoʻshilgan oʻyinchilar Abduqodir Husanov va Reys haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
Chempionlar Ligasi 7-turidan oʻrin olgan “PSJ”—“Manchester Siti” oʻyini oldidan matbuot anjumanida qatnashgan Gvardiola quyidagi fikrlarni bildirdi:
“Tarkibimizga yangi qoʻshilgan oʻyinchilarni “Siti” oilasiga xush kelibsiz deyman. Ularning jamoamizda ekanligidan xursandman. Ular yosh va iqtidorli futbolchilar boʻlib, jamoamizda uzoq vaqt davomida xizmat qilishlari rejalashtirilgan.
Husanov Fransiyada oʻynagan va jismoniy koʻrsatkichlari juda yaxshi. Umid qilamizki, u ingliz tilini tezda oʻrganadi. Reys esa ajoyib braziliyalik yosh himoyachi.
Ular Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichida va boshqa turnirlarda jamoamizga yordam berishadi. APLda esa hozirdan maydonga tushishlari mumkin.”
Ma'lumot uchun, “PSJ”—“Manchester Siti” uchrashuvi bugun, 22-yanvar kuni boʻlib oʻtadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar