date
views 139 334

"Real" prezidenti: "Men bu uch futbolchini endi "Real"da koʻrishni xohlamayman!

"Real" prezidenti: "Men bu uch futbolchini endi "Real"da koʻrishni xohlamayman!
Ispaniya Superkubogida “Barselona”dan uchralgan 2:5 hisobidagi magʻlubiyatdan keyin “Real” prezidenti Florentino Peres jamoaga nisbatan talabini oshirdi.

Klub xoʻjayini uchrashuvda ishtirok etgan va ishonchni oqlamagan oʻyinchilardan qutilishga qaror qilgani aytilmoqda. Manbalarning qayd etishicha, klubdan birinchilardan boʻlib ketadiganlar roʻyxatiga uch futbolchi kiritildi.

Orelen Tchuameni – frantsiyalik yarim himoyachi “Real”ga kelganida unga juda katta ishonch bildirilgan edi. Lekin u maydon markazida ustunlik oʻrnata olmadi va koʻrsatkichlari tez pasayib bormoqda.

Ferlan Mendi – madridliklarga haqiqiy bosh ogʻriq boʻldi. Chap qanot himoyasining mustahkamligini ta'minlay olmagan oʻyinchi klubdan maoshini oshirishni talab qilib kelmoqda.

Lukas Vaskes – ilgari tajribasi va universalligi bilan ajralib turgan oʻyinchi keyingi paytda umuman ishonchni oqlay olmayapti. “Barsa”ga qarshi bahsda ham oʻng qanotda raqiblariga etarli qarshilik koʻrsata olmadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" prezidenti: "Men bu uch futbolchini endi "Real"da koʻrishni xohlamayman!