
Biroz avval Srechko Katanes O‘zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruvini tark etgani e’lon qilindi.
Championat.asia jurnalisti Tolibjon Qosimov o‘z kanalida O‘zbekiston MTJning yangi bosh murabbiyi katta ehtimol bilan ertaga Qatarga uchib ketishi haqida yozdi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda asosan ichki chempionatda harakat qiladigan futbolchilardan iborat terma jamoamiz Qatar poytaxti Dohada yig‘in o‘tkazmoqda. 27 yanvar kuni terma jamoamiz Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston MTJning yangi ustozi bo‘lish uchun asosiy nomzod sifatida Timur Kapadze ko‘rilmoqda.
Ta’kidlanishicha, murabbiy bilan allaqachon kelishuvga erishilgan. Yaqin kunlarda murabbiy rasman tayinlanadi va jamoa yig‘iniga qo‘shiladi.
O‘FA milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzod tayinlash borasida ish olib borayotgani xabar qilingandi. Ba’zi mutaxassislarning fikricha, tashkilot xorijiy murabbiylar bilan ham muzokaralar olib borgan.
Ma’lumot uchun, Katanes qo‘l ostida O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga saralash bosqichida 6 turdan keyin 13 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Guruhda 1 va 2-o‘rinlarni olgan jamoalar mundialga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Kapadze boshchiligida U-23 jamoasi tarixda ilk bor Olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
2024 yil yakuniga ko‘ra, Kapadze O‘zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar