5 364
Yevropa Ittifoqi o‘zining butun hududida Wi-Fi tarmog‘ini yaratish uchun 120 million yevro sarflaydi
Yevropa Ittifoqi barcha a’zo mamlakatlar hududidagi jamoat joylarida simsiz bepul internet — Wi-Fi nuqtalarini yaratish uchun 120 million yevro yo‘naltiradi. Bu haqda «TASS»ga tayanib, «Daryo» xabar bermoqda.
2018 yildan boshlab Yevropa Ittifoqi hududidagi olti mingdan ortiq shahar va qishloqda joylashgan shifoxona, kutubxona va xiyobonlarda simsiz bepul internet terminallari paydo bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Raqamli iqtisodiyot bo‘yicha yevrokomissar Mariya Gabrielning so‘zlariga ko‘ra, har bir hududning boshqaruvi birinchi navbatda qaysi joylarga internet terminali o‘rnatilishi kerakligini hal qiladi.
Tashabbus mualliflarining aytishicha, g‘oya birinchi navbatda bu xizmatni kichik qishloqlarga yetkazib berish jarayonini soddalashtirishdan iborat. Asosiy vazifa Yevropa Ittifoqining butun hududida raqamli notenglikni bartaraf etish hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?