19:40 / 17.09.2017
4 500

iPhone X o‘rniga iPhone 8 sotib olishga 8 sabab

Ko‘pchilik iPhone X sotib olishga qiziqmoqda, ammo bir fakt buni qiyinlashtiradi: uning narxi — oz emas, ko‘p emas, ming dollar. Apple tomonidan shu paytgacha yaratilgan eng yaxshi smartfon aynan shu sababli ko‘pchilik uchun armon bo‘lib qolmoqda.

Tushkunlikka tushganlarga Insider Pro oddiy yechimni taklif qildi: iPhone 8 yoki 8 Plus sotib olish.

Tilga olingan smartfonlar iPhone X’ga nisbatan eskirganday tuyulsa ham, aslida ular unchalki yomon emas. Bundan tashqari, smartfon tanlaganda uning dizayniga emas, ichki xususiyatlariga e’tibor berish muhim. Bu jihatdan esa iPhone 8 va 8 Plus ajoyibdir, deb ta’kidlanadi materialda.

Qanday hollarda iPhone 8 va 8 Plus’ni tanlagan ma’qul?

1. Pul tejashni istasangiz

64 Gb xotirali iPhone 8 699, 256 Gb xotirali versiyasi esa 849 dollar turadi. iPhone 8 Plus uchun shu ko‘rsatkichga ega versiyalar tegishli ravishda 799 va 949 dollar turadi. iPhone X uchun bu ko‘rsatkichlar 999 va 1149 dollarga teng.

Ya’ni bu smartfonlarni xarid qilganlar 200–300 dollar tejaydi.

2. «Uyga qaytish» tugmasidan voz kechishni xohlamasangiz
iPhone X o‘rniga iPhone 8 sotib olishga 8 sabab
Kelajakda iPhone’larda umuman tugmalar bo‘lmaydi, bunga ko‘nikish kerak. Lekin hozircha bu imkoniyatdan foydalanib qolish mumkin, buning uchun yana o‘sha smartfonlarni xarid qilish kifoya.

3. Barmoq izlari datchigidan foydalanish uchun

iPhone 8 da oldingiday barmoq izlari datchigi bo‘lib, u «Uyga qaytish» tugmasiga o‘rnatilgan. Face ID’ga o‘rganmaganlar uchun ayni muddao.

4. Agar «ortiqcha panel»ni yoqtirmasangiz

Yangi iPhone X ekrani old panelni to‘liq egallagan deyishadi. Ammo aslida bunday emas. Panelning yuqori qismida ozgina joy qoldirilgan bo‘lib, u yerda old kamera, dinamik, yuz taniydigan infraqizil datchik va boshqa narsalar joylashgan.

5. «G‘isht» telefon sotib olishni istmasangiz

Hajman iPhone X iPhone 8 dan uncha katta farq qilmaydi. Lekin, agar barmoqlaringiz yetarli darajada uzun bo‘lmasa, ular ekran chetigacha yetib borishi qiyin. Sakkizinchi iPhone’da bunaqa muammo yo‘q.

6. Agar sizga arzon simsiz quvvatlantirish vositasi kerak bo‘lsa

iPhone X’da simsiz quvvatlantirish funksiyasi bor. Lekin bunday funksiya iPhone 8 va 8 Plus’da ham bor. Ular 30 daqiqada 50 foizga quvvatlantiriladi. Shunday ekan, mana shu texnologiya uchun ortiqcha 200–300 dollar sarflash shartmi?

7. Bir xil kamera uchun ko‘proq pul to‘lashni istmasangiz

Yuqoridagi kabi masala. iPhone 8 va iPhone 8 Plus yaxshilangan 12 me­ga­pik­selli ka­me­ralarga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, iPhone 8 Plus iPhone X’dagi kabi portret videos’yomkasi funksiyasiga ega. Shu bois smartfonlarning texnik tavsifi aslida jiddiy farqlanmasligi mumkin.

8. Ishlash samaradorligi bir xil

Bu iPhone 8 Plus va iPhone 8 larning eng yaxshi xususiyati bo‘lsa kerak. Gap shundaki, ikkalasida ham iPhone X’dagi kabi kuchli Aion Bionic platformasidan foydalanilgan. Shu bois, yuqoridagi kabi, bu masalada ham yutqazmaysiz.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone X o‘rniga iPhone 8 sotib olishga 8 sabab