Instagram mobil ilovasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri videotranslyasiya qilish imkonini taqdim etdi. U AQShning barcha aholisi uchun amal qilmoqda, deb xabar berdi Kun.uz sayti.
Foydalanuvchilar translyasiyani ilovadagi maxsus tugmani bosish orqali ishga tushirishlari mumkin. “Jonli” video bir soat bilan cheklanadi. Shu bilan bir qatorda, u serverlarda saqlanmaydi - rolikni yana bir bor tomosha qilish mumkin emas.
Ta’kidlanishicha, Instagram’ning yangi funksiyasidan hozircha faqat amerikaliklar foydalanish imkoniga ega. Yaqin haftalar davomida esa yangilik boshqa mamlakatlar hududida ham ishlatilishi mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Instagram ilovasi 2010 yilning 6 oktyabr kuni ishga tushirilgan bo‘lib, avvaliga Apple smartfonlari uchun mo‘ljallangan. Servis 2012 yilning aprelida Android foydalanuvchilari tomonidan ham ishlatila boshlandi. O‘shanda Facebook kompaniyasi Instagram’ni 1 milliard dollarga xarid qilgan. Servisdan foydalangan kishilarning umumiy soni 2016 yilda 500 milliondan oshdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi