12:15 / 30.03.2017
4 141

Sud Booking.com saytining Turkiyadagi faoliyatini to‘xtatdi

Sud Booking.com saytining Turkiyadagi faoliyatini to‘xtatdi
29 mart kuni Istanbul sudi turarjoy va mehmonxonalarda xonalarni bronlash xizmatini taklif etuvchi Booking.com xizmatining Turkiyadagi faoliyatini taqiqladi. Bu haqda Milliyet nashriga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Sud mamlakat sayyohlik agentliklari birlashmasining arizasini qanoatlantirishga qaror qilgan. Birlashma xizmatni «noxolis raqobat» yuritganlikda ayblagan.

Ta’kidlanishicha, sud qarori kuchga kirgach, xizmat sayti axborot texnologiyalari qo‘mitasi tomonidan bloklanadi.

Avvalroq, Turkiya hukumati Tor nomli anonim tarmog‘ining faoliyatini ham to‘xtatgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sud Booking.com saytining Turkiyadagi faoliyatini to‘xtatdi