15:31 / 29.06.2017
8 067

Odnoklassniki brauzer orqali translyasiyani ishga tushirdi

Odnoklassniki brauzer orqali translyasiyani ishga tushirdi
Odnoklassniki qo‘shimcha dasturlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterdan translyasiyani amalga oshirish imkonini taqdim etdi. Efir noutbuk yoki kompyuter veb kamerasidan uzatiladi. Brauzerdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatish imkonini Rossiyaning ijtimoiy tarmoqlari orasida Odnoklassniki birinchi bo‘lib yo‘lga qo‘ydi.

Jonli efirni boshlash uchun foydalanuvchi Video > Efir > Veb-kamera bo‘limiga kirishi kerak. Ayrimlari foydalanuvchilar esa OKning asosiy sahifasida jonli efirni ishga tushirish uchun mahsus o‘rnatilgan tugmadan foydalanishni boshladilar. Shundan so‘ng efir nomini, uning ta’rifini kiritishingiz, unga muqova tanlashingiz va efirni boshlashingiz mumkin bo‘ladi. Efir paytida uning egasi chat orqali tamoshabinlar bilan suhbatlashishi, “klass”lar va izohlar olishi mumkin bo‘ladi. Brauzer orqali olib borilayotgan jonli efirlar do‘stlaringiz va obunachilaringiz tasmasida, ok.ru/live strimlari xaritasida, eng mashxurlari esa OK Live strimlari topiga chiqadi. Video ishlovdan so‘ng foydalanuvchining akkauntida saqlab qolinadi.

Hozircha foydalanuvchilar uchun faqatgina noutbukka yoki komyuterga o‘rnatilgan yoki tashqi veb-kamera orqali suratga olish imkoniyati mavjud. Ekranlardan o‘yin yoki ilovalardan jonli efir olib berish esa qo‘shimcha dasturlar orqali amalga oshiriladi va Video > Efir > Ilova bo‘limida sozlanadi.

Marina Krasnova, «Video» va OK Live mahsulotlari bo‘yicha direktori:
Qo‘shmcha dasturlar o‘rnatmagan holda jonli efirga chiqish imkoniyati striming foydalanuvchilari uchun Odnolkassnikining veb ko‘rinishi ancha osonlashtiradi. Xozirda OKda bir sutkada 40 000 strimlar ishga tushirilmoqda. Yangi imkoniyat bilan odamlar har qanday qurilma orqali translyasiyalarni yo‘lga qo‘yishi mumkin bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, strimerlar va jonli efirlar sonin oshirish imkonini beradi.

Jonli efirlar Odnoklassnikida 2015 yida paydo bo‘lgan. So‘nggi yarim yilda jonli efirlarni tomosha qilish o‘n baroborga o‘sgan. Bunga smartfondan jonli efir olib borish imkonini beruvchi OK Live ilovasi tufayli erishildi. Bugungi kunga kelib foydalanuvchilar, brendlar va ijtimoiy tarmoq hamkorlari tomonidan ishga tushiriluvchi jonli efirlar sutkasiga 20 million tomoshagacha etmoqda. Translyasiya qizg‘in paytlarda esa uni bir vaqtda 1 mln tomoshabin kuzatadi.

Videotranslyasiyalar ijtimoiy tarmoq bilan chuqur integrasiyalashgan: ularni tasmada, alohida video peshtaxtalarida , guruhlarda, OK va OK Live ilovalarida, Smart TV ilovasida tomosha qilish mumkin. Tomoshabin translyasiyani mini-pleer ko‘rinishigacha kichraytirishi va ijtimoiy tarmoqning boshqa hizmatlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Odnoklassniki brauzer orqali translyasiyani ishga tushirdi