Pekinda uzunligi 415 metr keladigan va maksimal tezligi 350 km/soat bo‘lgan “Fusin” tezyurar poyezdi sinovdan o‘tkazildi. Xitoy temir yo‘l korporatsiyasi CRRC Tangshan ma’lumotlariga ko‘ra, bunday tarkibning sinovi ilk bor o‘tkazildi.
Ma’lum qilinishicha, yangi poyezd 16 ta vagondan iborat bo‘lib, u bunday tezyurar poyezdlarning avvalgi modellaridan 2 barobar uzunroq. Poyezd 1,1 mingdan ko‘proq yo‘lovchi tashiy oladi.
Yangi poyezd sinov bosqichidan o‘tmoqda: poyezd ommaviy ishlab chiqarilishidan avval 28 ta sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Fusin” modelidagi poyezdlar tezyurar tarkiblarning yangi avlodini taqdim qiladi. Ular to‘liq Xitoyda loyihalashtirilgan, kam miqdorda elektr energiya sarflaydi va uzoqroq xizmat qilishi bilan farqlanadi.
Bugungi kunda Xitoyda tezyurar yo‘lovchi poyezdlarning maksimal tezligi 350 km/soatni tashkil qiladi. 2017 yil sentyabrda bunday tarkiblar Pekin-Shanxay yo‘nalishi bo‘yicha harakatlana boshlagan. Bunday poyezdlar bir kunda 505 mingga yaqin yo‘lovchi tashiydi.
Xitoyda temir yo‘l izlari uzunligi 124 ming km ga yaqinni tashkil qiladi. Ulardan 22 ming kilometri tezyurar temir yo‘l magistrallariga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda